Birinchi baxtsiz hodisa juma kuni Kedaynyay tumanidagi Gudjyunay stansiyasida sodir bo‘lgan. Shag‘al yuklangan uchta platforma relsdan chiqib ketdi.
Shanba kuni Kaunas tumanida metanol tashiydigan lokomotiv va bir nechta yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi.
Har ikkala hodisada ham hech kim jabrlanmagan. Metanol (metil spirti) oqib chiqqani haqida xabar berilmagan. Kaunas tumanidagi baxtsiz hodisa qo‘shni liniyalarda harakatlanishning to‘xtatilishiga olib kelgani va 20 dan ortiq yo‘lovchi poyezdlariga ta’sir qilgani aytilmoqda, deb xabar berdi kazinform.
Baxtsiz hodisalar Adliya vazirligining Xavfsizlik bo‘yicha tergov departamenti, «Letuvos gelejinkelyay» (Litva temir yo‘llari) davlat kompaniyasi va politsiya boshqarmasi tomonidan tekshirilmoqda. Politsiya texnik nosozlikni ko‘rib chiqmoqda. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, hozircha hech qanday jinoiy faoliyat belgilari aniqlanmagan.