Qömita tomonidan ötkazilgan örganişlarda bir qator sanʼatkorlar konsertlarining reklamalarida tomoşabinlar uçun muhim bölgan maʼlumotlar körsatilmagani maʼlum böldi.
Xabarda aytilişiça, Lolita, Ani Lorak, Mayot, Nikolay Fomenko, Izzat Şukurov, «Ummon» guruhi, Rayhon Ganiyeva va Ğaybulla Tursunov konsertlarining Instagram ijtimoiy tarmoğidagi reklamalarida ijro şakli haqida axborot berilmagan.
Şuningdek, Toxi$, «Maşina vremeni» va Otar Kuşanaşvili iştirokidagi dasturlarning taşqi reklamalarida ham fonogramma yoki jonli ijro haqida maʼlumot aks ettirilmagan.
Şu munosabat bilan qömita tegişli reklama beruvçilarga reklamalarni qonunçilik talablariga muvofiqlaştiriş yuzasidan ogohlantirişlar yuborgan.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 207-son qaroriga muvofiq, konsert reklamalarida ijro şakli aniq körsatilişi kerak. Buning uçun «Jonli ijro», «Fonogrammadan foydalangan holda jonli ovoz» yoki «Fonogrammali konsert dasturi» kabi iboralardan foydalaniladi.
«Reklama töğrisida»gi Qonunning 44-moddasiga köra, fonogrammadan foydalanilganda, reklamada uning qay darajada qöllanilişi haqida maʼlumot berilişi şart. Taşqi reklamada esa uşbu axborot reklama maydonining kamida 10 foizini egallaşi lozim.
Bundan taşqari, konsert taşkilotçilari tomoşa boşlanişidan oldin fonogrammadan foydalanilişi haqida audioxabar berilişini taʼminlaşi kerak.
«Isteʼmolçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi Qonunning 6-moddasida ham konsert-tomoşa tadbirlarida fonogrammadan foydalaniş haqida axborot taqdim etilişi belgilangan.
Raqobat qömitasi konsert taşkilotçilari va reklama beruvçilarni reklama materiallarida ijro şaklini aniq körsatişga hamda qonunçilik talablariga qatʼiy rioya etişga çaqirdi.
Qömita monitoring davomida bunday qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, qonunçilikda belgilangan tartibda tegişli taʼsir çoralari qöllanilişini maʼlum qildi.