Qayd etilishicha, hujjatda ko‘rsatilgan «Oltin Oy Kredit» aksiyadorlik-tijorat banki amalda mavjud emas. Shuningdek, Markaziy bank tomonidan mazkur tashkilotga hech qanday litsenziya rasmiylashtirilmagan.
Shu munosabat bilan fuqarolar va tashkilotlar bunday firibgarlik harakatlariga aldanmaslikka, moliyaviy tashkilotlar haqidagi ma’lumotlarni faqat rasmiy manbalar orqali tekshirishga chaqirildi.
Markaziy bank litsenziyaga ega banklar ro‘yxatini uning rasmiy sayti orqali tekshirish mumkinligini eslatdi.