Bu haqda Qurultoy (Qozoğiston) deputati Ayjan Sqaqova Butunjahon fan kuniga bağişlangan xalqaro konferensiyada maʼlum qildi, deb xabar berdi Kazinform.

Deputatning sözlariga köra, sönggi yillarda iqlim özgarişi mintaqaning suv resurslariga taʼsir körsatmoqda.

— Sönggi yillarda suv balansida sezilarli özgarişlar kuzatilmoqda. Muzliklarning erişi, daryolar oqimining özgarişi, qurğoqçilik va çöllaniş Markaziy Osiyo uçun tobora jiddiy muammolarga aylanib bormoqda. Fan nafaqat bu özgarişlarni tuşuntirişi, balki kelajakdagi tahdidlarni başorat qiliş va aniq yeçimlarni topişga ham yordam berişi kerak, — dedi Ayjan Sqaqova.

Uning sözlariga köra, hatto bahorda toşqinlarni boşdan keçirgan Qozoğiston hududlari ham yozda suv tanqisligiga duç kelişi mumkin. Şuning uçun toşqin suvini tejaş va undan keyinroq foydalaniş yöllarini örganiş kerak.

— Şu maqsadda deputat boşçiligidagi ilmiy loyiha Jambil, Almati, Jetisu, Abay va Şarqiy Qozoğiston viloyatlarida amalga oşirildi. Olimlar bahorgi toşqin suvlarini yer ostida töplaş va yer osti suvlari zaxiralarini töldiriş imkoniyatlarini örganib çiqdilar, — dedi u.

Bundan taşqari, Ayjan Sqaqova Qozoğistonning suv muammosini hal qilişga qaratilgan xalqaro taşabbuslariga ham töxtaldi. Uning sözlariga köra, mamlakatimiz BMT doirasida xalqaro suv taşkilotini tuzişni taklif qildi. Hozirda bu masala böyiça işlar olib borilmoqda.

— Bundan taşqari, Qozoğiston 2025–2029-yillarda YUNESKOning Suv resurslarini örganiş böyiça hukumatlararo kengaşiga saylandi. Bu mamlakatimizga boşqa davlatlar bilan birgalikda suv resurslarini örganiş imkonini beradi, — dedi u.

Deputat şuningdek, Almatida YUNESKO maqomiga ega muzliklarni tadqiq qiliş markazi faoliyat yuritayotganini taʼkidladi. Qozoğistondagi muzliklardan biri global monitoring tarmoğiga kiritilgan.