Xalq ta’limi vazirligi hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan tarbiyalanuvchilarning yozgi ta’til kunlarida maroqli hamda mazmunli dam olishlarini tashkil etish uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan.
“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazish maqsadida oromgohga jo‘nab ketdi
Chirchiq shahridagi 14-sonli, Bo‘ka tumanidagi 15-sonli, Yunusobod tumanidagi 21-sonli, Chilonzor tumanidagi 22-sonli hamda Yashnobod tumanidagi 30-sonli Mehribonlik uylarining 200 nafar tarbiyalanuvchilari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Mehribonlik uylari” va “Nur” sog‘lomlashtirish oromgohlariga yetib bordi.