Endilikda nomzodlar my.gov.uz portali orqali xizmatga kirish uchun arizani onlayn tarzda topshirishi mumkin.
Xizmatdan foydalanish uchun fuqaro:
my.gov.uz portalida avtorizatsiyadan oʻtib, soʻrovnomani toʻldiradi;
Milliy gvardiya mas’ul xodimlari taqdim etilgan ma’lumotlarni koʻrib chiqib, nomzodni saralash bosqichlariga yoʻnaltiradi;
15 ish kuni ichida saralash tadbirlarida ishtirok etishga ruxsat berilgani yoki rad etish sababi koʻrsatilgan bildirishnoma yuboriladi;
Dastlabki oʻrganishdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar belgilangan joyda amaliy va jismoniy sinovlarni topshiradi.
Ariza topshirishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:
yashash joyidagi poliklinikadan sogʻliq holati toʻgʻrisida ma’lumotnoma;
sport sohasidagi yutuqlar, xorijiy tillarni bilish, IT-kurslar hamda «Vatanparvar» tashkiloti sertifikatlari — mavjud boʻlgan taqdirda.
Xizmatdan foydalanish bepul.