Masalan, Nurafshon shahar hokimi byurokratiya sababli ikki yildan beri qurilishni boshlay olmagan tadbirkorga yordam berish o‘rniga qaerdan bu ma’lumot Prezident darajasigacha yetib borganini qidirish bilan ovora.
Yoki G‘uzor, Narpay, Urganch, Yangiyo‘l, Chinoz (Salixov) tumanlari hokimlari tadbirkorlik infratuzilmasi uchun berilgan tayyor pulga haligacha loyiha boshlamagani ko‘rsatib o‘tildi. Vaholanki, biznes infratuzilmasini yaxshilash uchun ushbu tumanlarga bu yil respublikadan qo‘shimcha 262 milliard so‘m berilgan.
Tegishli viloyatlar hokimlariga nomi aytilgan tuman hokimlari "aravasini torta olmayotgan bo‘lsa", bugunning o‘zida lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.