Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda bojxona idoralari bilan hamkorlikda Chust tumanida maxsus operatsiya o‘tkazgan.

Tadbir davomida Yangi Namangan tumanida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan shaxs hamda Chust tumanida istiqomat qiluvchi, 1980 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro o‘zaro til biriktirgani aniqlangan. Ular xorijdan olib kelingan qalbaki 10 ming AQSH dollarini shartli xaridorga haqiqiy 7,5 ming AQSH dollariga sotishga uringan vaqtda ashyoiy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda.