Aholi salomatligi xavfsizligini ta’minlash maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Namangan shahrida istiqomat qiluvchi, 2003 y.t. shaxsning yashash manzili ko‘zdan kechirildi. Natijada, xonadonning yashirin omborxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan “Ortofen”, “Neyroks”, “Tirozol”, “Siofor” va boshqa shu kabi jami 28 turdagi 28 928 dona dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Mamlakatimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan ushbu dori vositalarining taxminiy qiymati 1,4 mlrd so‘mni tashkil etadi.