Xususan, viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "Malakali avtotrans servis" MCHJ” korxonasi tomonidan 12 ta zamonaviy ANKAI rusumli avtobuslar olib keldi. Mazkur avtobuslar shahar ichi yo‘nalishlariga “Brutto-shartnoma” asosida joylashtiriladi.
Zamonaviy harakat tarkiblari Namangan shahrida jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz qatnovni ta’minlash hamda transport tizimi samaradorligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
2024–2025-yillar mobaynida yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida viloyatga jami 96 ta, jumladan, “Ekspress Dolina” MCHJ tomonidan 36 ta “Yutong” hamda “Turon-95 MBI” MCHJ tomonidan 60 ta “Zhongtong” rusumli avtobuslar olib kelingan. Ayni paytda ushbu transport vositalari viloyat markazida 9 ta yo‘nalishda brutto shartnomasi asosida harakatlanmoqda.