Toşkentda oktyabr oyining örtalaridan boşlab mart–aprel oylarigaça havo ifloslanişi ayrim hollarda sezilarli darajada ortişi mumkin. Bunga şamol tezligining pasayişi, atmosfera havosi almaşinuvining sekinlaşişi va harorat inversiyasi kabi meteorologik omillar sabab böladi.
Geografiya fanlari doktori, professor, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti bölim mudiri Baxtiyor Xolmatjonov sovuq mavsumda Toşkent havosining ifloslanişiga taʼsir körsatuvçi omillar haqida maʼlumot berdi.
Havo ifloslanişiga taʼsir qiluvçi asosiy omillardan biri atmosfera havosining aylanişi, yaʼni havo sirkulyatsiyasi bilan boğliq jarayonlardir. Toşkent toğoldi hududida, vodiyga tutaş joyda joylaşgan. Bu yerda şimoli-şarq va janubi-ğarbiy yönalişlardan esuvçi şamollar muhim örin tutadi. Şamolning yönalişi va tezligi atmosfera havosining almaşinuvi hamda ifloslantiruvçi moddalarning tarqalişiga bevosita taʼsir körsatadi.
Özbekistonlik olimlar Markaziy Osiyo hududida yer yuzasiga yaqin havo sirkulyatsiyasi xususiyatlarini aniqlaş böyiça yirik ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Zamonaviy ilmiy tasnifga köra, mintaqada 17 ta sinoptik jarayon turi mavjud.
Sovuq yarim yillikda şamol tezligining past bölişiga sabab böladigan sinoptik jarayonlarning takrorlanişi va davomiyligi ortadi. Bunday şaroitda Toşkent va butun Markaziy Osiyo hududida havo almaşinuvi sekinlaşişi mumkin. Natijada ifloslantiruvçi moddalar atmosferada uzoqroq saqlanib, yer yuzasiga yaqin qatlamda töplanadi.
Toşkentda yirik şaharlarga xos bölgan harorat inversiyasi ham kuzatiladi. Ayniqsa, qişda havo juda sovuq bölgan paytlarda tungi soatlarda inversiya yuzaga kelişi odatiy hol hisoblanadi. Bunda yer yuzasiga yaqin sovuq havo qatlamining ustidan iliqroq havo qatlami joylaşadi. Natijada havoning vertikal aralaşuvi çeklanib, ifloslantiruvçi moddalar yerga yaqin qatlamda töplanişi mumkin.
Atmosferadagi sinoptik jarayonlardan biri siklonlarning kirib kelişi bilan boğliq. Sovuq yarim yillikda Örta Osiyo, jumladan, Toşkent hududi orqali iliq va sovuq atmosfera frontlari ötadi. Ular maʼlum miqdorda yoğingarçilik keltirib çiqarişi va atmosferadagi ayrim ifloslantiruvçi zarraçalarni kamaytirişi mumkin.
Yana bir muhim sinoptik jarayon — antitsiklonlardir. Ularning joylaşuviga qarab, Toşkentga turli yönalişlardan havo oqimlari kirib keladi. Antitsiklon Rossiyaning Yevropa qismida joylaşganda havo oqimlari Qozoğiston orqali şimoli-ğarbdan Toşkentga harakatlanadi. Qozoğiston şimolida joylaşganda şimoliy havo oqimlari, Sibir hududida joylaşganda esa şimoli-şarqiy havo oqimlari kuzatiladi.
Bundan taşqari, atmosfera bosimi gradiyenti kiçik bölgan yuqori va past bosimli maydonlar ham uçraydi. Bunday vaziyatlarda şamolsiz yoki juda kuçsiz şamolli şaroit yuzaga kelişi mumkin. Havo almaşinuvining sustlaşişi ifloslantiruvçi moddalarning tarqalişini qiyinlaştiradi.
Sönggi yillardagi statistik maʼlumotlarga köra, antitsiklonal jarayonlar, ayniqsa, atmosfera bosimi gradiyenti kiçik bölgan yuqori va past bosimli maydonlarning takrorlanişi hamda davomiyligi ortib borayotgani kuzatilmoqda. Bunday şaroitda şamol tezligi pasayib, atmosfera havosi almaşinuvi sekinlaşadi. Bu esa havo ifloslanişining kuçayişiga zamin yaratadi.
Ayniqsa, qişda tungi vaqtlarda harorat inversiyasining tez-tez yuzaga kelişi ifloslantiruvçi moddalarning yer yuzasiga yaqin qatlamda töplanişiga olib kelişi mumkin.
Havo ifloslanişining sabablarini baholaşda faqat ifloslaniş manbalarini emas, balki şamol tezligi va yönalişi, atmosfera bosimi, siklon va antitsiklonlar harakati, yoğingarçilik hamda harorat inversiyasi kabi meteorologik omillarni ham hisobga oliş muhim.
Havo ifloslanişi sabablarini çuqur örganiş va mazkur omillarning taʼsirini töğri baholaş ilmiy asoslangan yeçimlarni işlab çiqiş, ekologik çoralarni samarali rejalaştiriş hamda atmosfera havosi sifatini yaxşilaşga xizmat qiladi.