Yoğingarçilik kamligi, şamol va atmosfera havosining tabiiy almaşinuvi bilan boğliq jarayonlar şular jumlasidan.

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasining maʼlum qilişiça, Toşkentda joriy yil oktyabr oyining 26-kuniga qadar atigi 3,9 millimetr yoğingarçilik kuzatilgan. Oylik meʼyor esa 23,7 millimetrni taşkil etadi. Demak, yoğingarçilik miqdori meʼyorga nisbatan qariyb 6 barobar kam bölgan.

Qömita maʼlumotlariga köra, yoğingarçilik kamligi havodagi çang zarralarining yuvilib ketişini susaytiradi va ularning atmosferada töplanişiga şaroit yaratadi.

Iqlim özgarişi milliy markazi direktori, texnika fanlari böyiça falsafa doktori Farrux Sattarovning taʼkidlaşiça, sönggi ön yillikda atmosfera havosining tabiiy almaşinuvi bilan boğliq jarayonlarda ham özgarişlar kuzatilgan.

Xususan, sovuq yarim yillikda kuçli şamol va yoğingarçilik kamligi bilan boğliq noqulay meteorologik şaroitlar oldingi yillarga nisbatan 57 foizga köpaygan. Bunday şaroitlar havoning tabiiy ravişda tozalanişini qiyinlaştirişi mumkin.

Qömita tomonidan havo sifatidagi özgarişlar va çang massalarining harakati nafaqat monitoring stansiyalari, balki sunʼiy yöldoşlar orqali ham kuzatib borilmoqda.

Oktyabr oyining 1–26-kunlari böyiça SILAM modeli asosida sunʼiy yöldoş tasvirlari tahlil qilinib, ular havo sifati indeksi (AQI) bilan soliştirilgan.

Tahlillar çang massalari Toşkent şahri va unga tutaş hududlarga kirib kelgan davrlarda havo sifati indeksi ham kötarilganini körsatgan.

Masalan, oktyabr oyining 4–5-kunlarida yoğingarçilik kuzatilgan va AQI indeksi 66–71 darajada bölgan. Keyingi kunlarda esa yoğingarçilik kamligi va çang massalarining töplanişi fonida havo sifati yomonlaşgan.

Yevropaning EUMETSAT platformasi hamda Meteosat sunʼiy yöldoşidan olingan tasvirlarda 25–26-oktyabr kunlari Toşkent şahri va uning atrofida yirik çang massalari kuzatilgan.

Uşbu jarayon Toşkent şahri va viloyati, şuningdek, qisman Sirdaryo va Jizzax viloyatlarini qamrab olgan.

Mutaxassislar prognozlariga köra, çang massalarining taʼsiri va havo ifloslanişi bilan boğliq noqulay şaroitlar kelgusi haftaning boşigaça davom etişi mumkin.

Qömita taʼkidlaşiça, havo sifati yomonlaşuviga turli omillar taʼsir körsatadi. Şu bois vaziyatni töğri baholaşda meteorologik şaroitlar, çang massalarining harakati va monitoring maʼlumotlarini birgalikda tahlil qiliş muhim hisoblanadi.