Meteorologik prognozga ko‘ra, Toshkent shahrida shamol tezligi ayrim soatlarda 0,5–1 m/s gacha pasayadi. Bu esa havoning vertikal aralashuvi sekinlashishiga olib keladi.
Yog‘ingarchilik kutilmayotgani sababli havodagi zarrachalarning uzoqroq vaqt havoda saqlanib qolish ehtimoli mavjud. Mazkur omillar PM2.5 va PM10 zarrachalarining yerga yaqin qatlamda to‘planishi uchun qulay sharoit yaratadi.
Prognozlarga ko‘ra, poytaxtning aksariyat hududlarida soat 22:00 dan 01:00 gacha havo sifati AQI standarti bo‘yicha «sezgir guruhlar uchun nosog‘lom» darajagacha yomonlashishi mumkin.
Ertalab yer yuzasi isib, inversiya zaiflashishi va vertikal aralashuv kuchayishi natijasida havo sifati asta-sekin yaxshilanishi kutilmoqda.
Shu sababli kechki vaqtlarda ochiq havoda uzoq vaqt bo‘lmaslik tavsiya etiladi.
Ayni paytda atmosfera havosi sifati maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.