Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, Taşqi işlar vazirligi va Özbekistonning Qohiradagi elçixonasi tomonidan Misr tomoni bilan töğridan-töğri muzokaralar olib borilgan. Ularning natijasida Özbekiston fuqarolarining Misrga kiriş tartibini qatʼiylaştiriş böyiça avval qabul qilingan qarorni qayta körib çiqiş yuzasidan kelişuvga erişilgan.
Şu tariqa, yangi qoidalar kuçga kirguniga qadar Özbekiston fuqarolari Misrga amaldagi tartib asosida sayohat qilişlari mumkin.
Taşqi işlar vazirligi xorijiy hamkorlar bilan fuqarolarning çet elga safar qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş, vizasiz rejimlarni joriy etiş va boşqa davlatlar bilan safar tartib-taomillarini soddalaştiriş böyiça işlarni davom ettirmoqda.
Şu bilan birga, vazirlik fuqarolarni xorijga safar qiliş çoğida mahalliy qonunçilik va belgilangan tartib-qoidalarga rioya etişga, viza va migratsiya talablarini bajarişga, şuningdek, borilayotgan mamlakatning milliy qadriyatlari, anʼanalari va jamoat tartibini hurmat qilişga çaqirdi.
Vazirlik taʼkidlaşiça, fuqarolarning xorijda masʼuliyatli xulq-atvor namoyon etişi Özbekistonning ijobiy imijini mustahkamlaş va xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga xizmat qiladi.