Uchrashuvda Buyuk Britaniyaning “UK Export Finance”, “Standard Chartered UK”, “Sturgeon Capital”, “Endeavour Mining” va “British Petroleum” kabi yetakchi kompaniyalari, banklari va moliya institutlari rahbarlari ishtirok etdi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Ikki tomonlama hamkorlikning ijobiy surʼati qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi va Britaniya sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni jadal oʻsib bormoqda.
Toshkent xalqaro moliya markazi, Xalqaro tijorat sudi va kapital bozorini rivojlantirish hamda farmatsevtika, sunʼiy intellekt va energetika sohalarida texnologik sheriklikni kengaytirish boʻyicha takliflar qoʻllab-quvvatlandi.
Moliya, infratuzilma, davlat-xususiy sheriklik, “yashil” energetika, transport, geologiya va neft-gaz sohalarida, shu jumladan, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha qoʻshma loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.