Ularda oʻquvchilar uchun zarur oʻquv-yozuv qurollari, darsliklar va boshqa oʻquv anjomlarini xarid qilish mumkin.
“Maktab bozorlari” shaharning qator dehqon bozorlari va savdo majmualarida tashkil etilgan. Jumladan, ular “Aviasozlar”, “Askiya”, “Chilonzor”, “Mirobod”, “Navroʻz”, “Sergeli”, “Farhod”, “Eski Joʻva”, “Yunusobod”, “Qoraqamish” va “Qoʻyliq” dehqon bozorlarida faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, “Chilonzor buyum savdo majmuasi”, “Chorsu buyum savdo majmuasi” va “Oʻrikzor” savdo majmuasida ham “Maktab bozorlari” tashkil etilgan.
“Maktab bozorlari”ning joylashuv manzillari:
Bozor yoki savdo majmuasi | Joylashuvi |
Aviasozlar dehqon bozori | Avtoturargoh hududidagi maydonlarda |
Askiya dehqon bozori | Shota Rustaveli koʻchasi tomonidan kirish qismi oʻng tomonida va orqa kirish qismida |
Chilonzor dehqon bozori | Bunyodkor va Farhod koʻchalari kesishuvi, avtoturargohda |
Mirobod dehqon bozori | Avliyoota koʻchasi, bozorga kirish qismida |
Navroʻz dehqon bozori | Asosiy bozor hududida |
Sergeli dehqon bozori | Sergeli-6, Sergeli-7, Sergeli-2, Sergeli-4 mavzelari va Sergeli-1 shoxobchasi, Qoʻyliq-5 mavzesi atrofida |
Farhod dehqon bozori | Farhod koʻchasi, 30-uy, asosiy kirish darvozasi yoni va Farhod koʻchasi–G9a hududida |
Eski Joʻva dehqon bozori | Bozor hududida, TIM-1, TIM-2 va ochiq metro atrofida |
Yunusobod dehqon bozori | Bozor hududida |
Qoraqamish dehqon bozori | Tansiqboyev shoxobchasida |
Qoʻyliq dehqon bozori | Bozor hududidagi boʻsh maydonlarda |
Chilonzor buyum savdo majmuasi | Savdo majmuasi hududida |
Chorsu buyum savdo majmuasi | Asosiy kirish qismi va DM-74 atrofida |
Oʻrikzor savdo majmuasi | Asosiy kirish darvozasining chap tomonida |