Loyiha doirasida fuqarolar murojaatlarini tahlil qilish va boshqarishga moʻljallangan sunʼiy intellekt yechimlarini ishlab chiqish va joriy etish rejalashtirilgan. Shuningdek, tizimni Oʻzbekistonda tajriba-sinov tariqasida ishga tushirish boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqiladi.

NIA bilan hamkorlik Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi texnologik aloqalarning davomi boʻlib, raqamli davlat boshqaruvi va sunʼiy intellekt sohasidagi Koreya tajribasidan foydalanish imkonini beradi.

Mazkur tashabbus zamonaviy raqamli davlat boshqaruvini rivojlantirish, ilgʻor texnologiyalarni keng joriy etish hamda fuqarolar uchun qulay xizmatlar yaratishga qaratilgan.

Raqamli texnologiyalar vazirligi sunʼiy intellekt va zamonaviy raqamli yechimlar orqali davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish hamda aholi bilan muloqotning yangi mexanizmlarini shakllantirish boʻyicha xalqaro hamkorlikni davom ettirmoqda.