Hokimlik axborot xizmati bergan maʼlumotga ko‘ra quyidagi hududlarda 2-maydan 11-maygacha transport vositalari harakati cheklanadi:
• Zarafshon ko‘chasining Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Mustaqillik shoh ko‘chalari oralig‘idagi qismi;• Istiqlol ko‘chasining A.Temur shoh va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;• Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismi.
Poytaxt hokimligi noqulaylik uchun uzr so‘rab, haydovchilarga muqobil yo‘nalishlardan foydalanishni tavsiya qildi.