Jordan River Foundation jamğarmasi huzurida faoliyat yurituvçi mazkur loyiha ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni iş bilan taʼminlaş, ularning daromad manbalarini yaratiş va milliy hunarmandçilik anʼanalarini saqlab qolişga qaratilgan.
Eʼtiborlisi, Jordan River Designs dasturi doirasida har yili 800 nafardan ortiq mahalliy hunarmand ayol iş bilan taʼminlanadi. Ular Iordaniyaning boy madaniy merosini aks ettiruvçi anʼanaviy va zamonaviy mahsulotlar tayyorlaydi. Jumladan, kaştaçilik bilan bezatilgan interyer buyumlari, gilamlar, moda aksessuarlari va esdalik sovğalari şular jumlasidandir.
Loyihaning öziga xos jihati şundaki, u nafaqat hunarmandçilik anʼanalarini asrab-avaylaş, balki ayollarning barqaror bandligini taʼminlaş va ularning oilalari farovonligini oşirişga ham xizmat qiladi.
Taşrif davomida Ziroat Mirziyoyeva bunday yondaşuv kambağallikni qisqartiriş, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantiriş, milliy hunarmandçilik anʼanalarini asrab-avaylaş hamda mahorat sirlarini yoş avlodga yetkazişda muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladi.