Ravshan Haydarov shogirdlari Filippin U-23 terma jamoasini 5:1 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvda hisob 30-daqiqada Murodjon O‘rinboev tomonidan ochildi. Ikkinchi bo‘limda Saidumarxon Saidnurillayev 60 va 71-daqiqalarda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Filippinliklar 62-daqiqada X. Merinoning goli evaziga hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. Biroq vakillarimiz bunga javoban yana ikki marta gol urdi. Ro‘ziboy Fayzullayev 73-daqiqada, Muhammadali Reyimov esa 79-daqiqada jamoamizning navbatdagi gollariga mualliflik qildi.
Shu tariqa, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini 5:1 hisobidagi ishonchli g‘alaba bilan boshladi va dastlabki uch ochkoga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston U-23 — Filippin U-23 5:1
Gollar: M. O‘rinboev — 30, S. Saidnurillayev — 60, 71, R. Fayzullayev — 73, M. Reyimov — 79; X. Merino — 62.