Saroyga yaqinlashganda, davlatimiz rahbari va O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said o‘tirgan avtomobilni otliq faxriy qorovul kutib oldi va kuzatib keldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga to‘plardan 21 marotaba tantanali o‘q uzildi. Saroy oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

Davlat rahbarlari shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi.

Yetakchilar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolarini qutladilar.

Tantanali marosimdan soʻng saroyda oliy darajadagi uchrashuv boshlandi.