Davlatimiz rahbari sunʼiy intellekt sohasida xavfsizlikni taʼminlash, uning terroristik va ekstremistik maqsadlarda ishlatilishiga qarshi kurashish, yangi texnologik xatar hamda tahdidlarga javob qaytarishda xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalariga bagʻishlangan Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Aqaba jarayoni 2015-yilda Podshoh Abdulla II tomonidan ilgari surilgan xalqaro tashabbus boʻlib, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda xavfsizlikni taʼminlash sohasida tajriba almashish va qoʻshma saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan.