Xususan, ta’lim tizimiga yangicha yondashuvlarni joriy etish, bozor talablariga mos ta’limni rivojlantirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish vazifasi qo‘yildi.
Shu maqsadda Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha umummilliy kontseptsiyani ishlab chiquvchi maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda.
Mazkur guruhga tadbirkor Zafar Hoshimov jamoatchilik asosida rahbarlik qiladi.
Ishchi guruh tarkibiga ta’lim muassasalarini tashkil etish va samarali ta’lim tizimlarini yaratish bo‘yicha tajribaga ega tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar hamda xalqaro ekspertlar jalb qilinadi.