Unda «O‘zbekkosmos» agentligi direktori Shuhrat Qodirov ham ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkiya va O‘zbekiston tomonidan «Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida hamkorlik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha kosmik sanoat sohasidagi dastlabki shartnoma» imzolandi.
Mazkur hujjat Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasida kosmik texnologiyalar, sun’iy yo‘ldoshlarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar, sanoat kooperatsiyasi va salohiyatni oshirish yo‘nalishlarida institutsional hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi, deyiladi «O‘zbekkosmos» agentligi xabarida.