Bundan ilgariroq E.Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.

Shuningdek, tegishli farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari – taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Taʼlim, ilm-fan va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari – taʼlim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taʼlim, ilm-fan va sogʻliqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish boʻyicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi.

Ushbu yoʻnalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.