Yoʻnalishga qarab rezidentura ikki yildan besh yilgacha davom etadi. Oilaviy shifokorlik boʻyicha oʻqish ikki yil, jarrohlik boʻyicha esa besh yil boʻladi.

Oliygohlarga klinikalar bogʻlanib, “universitet klinikasi” tizimi joriy etilgan. Endi tibbiyotdagi ilmiy tadqiqotlarning 80 foizi oliygohlar klinikasida boʻlishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Tadqiqotlarda tashxis aniqligini oshirish, davolash samarasini yaxshilash va asoratlarni kamaytirishga eʼtibor qaratiladi.