Shu eʼtirozlar yuzasidan Toshkent shahar transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, avtobus salonlarida yoʻlovchilar uchun noqulay harorat yuzaga kelishining oldini olish maqsadida barcha tashuvchilarga 2026 yil 30 aprel kuni 1/Ye-410-sonli koʻrsatma xati yuborilgan. Unda tashqi havo harorati +28°C dan yuqori boʻlgan hollarda avtobuslardagi sovitish tizimlarining uzluksiz ishlashini taʼminlash vazifasi belgilangan.

Shuningdek, hozirda «Toshkent shahar yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish» davlat muassasasi tomonidan jamoat transportida nazorat tadbirlari kuchaytirilgani aytildi.

Qayd etilishicha, yoʻlovchilardan kelib tushayotgan murojaatlar tezkorlik bilan koʻrib chiqiladi. Koʻrsatma talablariga rioya etmagan tashuvchilarga nisbatan qatʼiy intizomiy va shartnomaviy choralar qoʻllanadi.