Biz ko‘pincha miyani go‘yo to‘lib-toshib ketishi mumkin bo‘lgan idish kabi tasavvur qilib, miyada ma’lumotlar haddan tashqari ko‘payib ketganligi haqida so‘zlab qolamiz. Ammo miyada barcha axborot saqlanmaydi, saralanadi. Biz bir kunda tovushlar, tasvirlaru manzaralar, gap-so‘zlar kabi shunchalik ma’lumotlarni qabul qilamizki, ularning hammasini yodda to‘liq saqlab qolish iloji yo‘q, deb yozadi science.mail.ru.
Inson miyasi muhim narsalarni saralaydi: diqqat-e’tibor nimani kuzatish kerakligini hal qiladi, his-tuyg‘ular nima muhimligini aytib turadi, gippokamp (his-tuyg‘ularni shakllantirish, qisqa muddatli xotirani uzoq muddatli fazoviy navigatsiyani birlashtirishda muhim ahamiyatga ega miyadagi tuzilma) tanlangan lahzalarni uzoq muddatli xotiraga yo‘naltiradi. Agar qaysidir lahzada chalg‘isangiz xotira shakllanmasligi mumkin. Bular qanday sodir bo‘ladi.
Masalan, kimdir bayramdagi epizodni eslab qoladi, chunki u o‘sha joyda to‘xtaydi va uni baholaydi, siz esa o‘sha paytda rejalar haqida o‘ylab va o‘sha lahzani qayd etmadingiz.
Xotiralar fayllarga o‘xshamaydi: ular xotirada o‘zgarishsiz shaklda yotmaydi. Har safar nimanidir eslaganimizda, biz manzalarni parchalardan qaytadan tuzib chiqamiz. Voqea-hodisa haqida qanchalik ko‘p gapirsak yoki fikr yuritsak, obrazlar shunchalik yorqin va bir-biriga bog‘liq aks etadi.
Insonning ishchi xotirasi kompyuterning tezkor xotirasi kabi cheklangan. U ma’lumotlar bilan “haddan ziyod yuklanganda” yangilarining muhrlanishi qiyinlashadi. Ammo uzoq muddatli xotira boshqacha tuzilgan: xotiralar neyron tarmoqlari bo‘ylab taqsimlangan va ularga har safar murojaat qilganda o‘zgarib turadi.
Olimlar miya xotirasining hajmini taxminan “petabayt”da hisoblashadi. Bu endi yuzlab yillik video demak. Ammo bu raqam juda ham aniq bo‘lmaydi. Chunki ma’lumotlar miyaga to‘ldirilmaydi, ular hajmi doimiy ravishda. Ya’ni axborotlar integratsiyalashadi, o‘zgaradi va keraksizlari yo‘qolib ketadi va hokazo. Muhim xotiralar ham unutilishi mumkin, lekin miyada joy yetishmaganidan emas, balki “mustahkam o‘rnashmagani sababli shunday bo‘ladi. Xotira undan tez-tez foydalansa, qayta-qayta hikoya qilinsa, yangi detallar bilan bog‘lanaversa yashayveradi.
To‘g‘ri, ba’zan vaqtincha unutilgan narsalar ham tasodifan dimoqqa urilgan bir hid yoki quloqqa chalingan ohang tufayli qayta esga tushishi mumkin. Voqealarning umuman esdan chiqishiga odatda uning miyada to‘liq saqlanmagani yoki ular juda kam esga olingani sabab bo‘ladi.