Tadqiqot natijalari Frontiers in Insect Science jurnalida e’lon qilindi.

Tadqiqot mualliflaridan biri, Tyumen davlat universitetining Ekologik va qishloq xo‘jaligi biologiyasi instituti (X-BIO) direktori Roman Yakovlevning aytishicha, Niger daryosi sohilidagi savanna hududida hamda Mali poytaxti Bamako atrofida turli xil fumigatorlar sinovi o‘tkazilgan.

Uning ta’kidlashicha, chivinlarga qarshi eng yaxshi himoya vositasi — bu bug‘lantiruvchi fumigatorlardir. Olimlarning tushuntirishicha, ular tarkibidagi uchuvchan piretroid moddalar nerv impulslarining uzatilishini to‘sib, hasharotlarni falaj holatga keltiradi. Sinovlar shuni ham ko‘rsatdiki, elektron isitgichli fumigatorlar atrofida ko‘zga ko‘rinmas himoya “gumbazi”ni hosil qiladi. Ayni paytda, tutun chiqaruvchi spirallar va ultratovushli “pishildoq” qurilmalar chivinlarni ancha kuchsiz haydagan yoki umuman samara bermagan. Bundan tashqari, tadqiqotchilar sitrus hidli shamlar ham chivinlarga qarshi deyarli samarasiz ekanini qayd etdi, deb xabar berdi lenta.ru.