Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurota tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda G‘ozg‘on shahar tibbiyot birlashmasi Markaziy poliklinika mudiri o‘rinbosari F.T. fuqaro O.A.ni shahar tibbiyot birlashmasiga hamshira vazifasiga ishga joylashtirib berishi evaziga 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.