Aslida, dunyo bizni qanday körayotgani, biz haqimizda nima deyayotgani dunyoga qay darajada oçilganimiz va xalqaro maydonga işonç bilan qaray boşlaganimiz bilan boğliq ekan. Sönggi ön yilda Özbekiston aynan şu maʼnoda öta jiddiy burilişni boşdan keçirdi. 2016-yildan 2026-yilgaça ötgan davr mamlakat tarixiga yopiqlikdan tom maʼnodagi oçiqlikka ötiş davri sifatida kirdi.

Yaqin-yaqingaça xorijliklar bilan suhbatda bir xil savollar köp takrorlanardi: “Sizlarda valyutani qanday almaştiriş mumkin? Viza oliş qança vaqt talab etadi? Köçada bemalol yursa böladimi? Çet ellik jurnalist bu yerda erkin işlay oladimi?”. Bugun bunday savollarni deyarli eşitmaysiz. Ularning örnini boşqa, ança murakkab va taʼbir joiz bölsa, yetuk savollar egalladi: “Qaysi sohaga sarmoya kiritiş istiqbolli? Mahalliy kadrlar malakasi qanday? Qonunçilik barqarorligi kafolatlanganmi?”. Atrofdagi jurnalistlar yaxşi biladi: savol özgargan joyda voqelik ham özgargan böladi.

Keling, sönggi ön yildagi oçiqlik siyosatini tahlil nuqtai nazaridan körib çiqsak, savollarga birga javob izlasak. Oçiliş qaysi sohalarga qanday taʼsir körsatdi? Qayerda natija aniq körinmoqda va qay jabhalarda hali qiladigan işimiz köp?

Har qanday islohotning öz ramziy nuqtasi böladi. Menimça, yangi Özbekistonning dunyoga yuzlanişida bunday nuqta 2016-yilning sönggi oylari böldi. Öşa yili sentyabrda Özbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi iş boşladi. Şu tariqa davlat bilan fuqaro örtasidagi muloqotning yangi şakli paydo böldi. 2016-yil 2-dekabrda Prezidentimizning turizm sohasini jadal rivojlantiriş töğrisidagi farmoni qabul qilindi. Bu hujjat mamlakatni xorijiy mehmonlar uçun oçiş niyatining ilk rasmiy ifodasi edi. 2017-yil fevralda qabul qilingan Harakatlar strategiyasi mamlakat rivojining beş ustuvor yönalişini belgilab berdi. Ular qatorida muvozanatli, özaro manfaatli taşqi siyosat alohida örin egalladi. Hujjatda mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlaş va jahon media makonini respublikamiz haqidagi xolis maʼlumotlar bilan taʼminlaş vazifasi oçiq qayd etilgani eʼtiborga molik.

Keyingi qadam esa iqtisodiyotga oid edi. 2017-yil sentyabrda milliy valyutaning erkin konvertatsiyasi joriy etildi. Bu şunçaki moliyaviy qaror emas edi. Iqtisodçilar uni texnik islohot sifatida baholaşi mumkin, lekin kommunikatsiya nazariyasi nuqtai nazaridan bu dunyoga yuborilgan juda aniq signal böldi: “Biz öyin qoidalarini oçiq va tuşunarli qilişga tayyormiz”. Xorijlik investor uçun bunday signal har qanday reklama kampaniyasidan kuçliroq taʼsir qiladi.

Söng viza tizimi isloh qilindi. 2018-yilda elektron viza beriş tartibi joriy etildi. 2019-yil 1-fevraldan esa 45 davlat fuqarolari uçun 30 kunlik vizasiz rejim amalga kiritildi. Keyinçalik bu röyxat 86 mamlakatga yetdi. 2026-yil 1-yanvardan esa AQŞ fuqarolari uçun ham 30 kunlik vizasiz tartib joriy qilindi.

Bu qadamlarning har biri alohida olinganda oddiy maʼmuriy qarordek tuyuladi. Biroq ular birgalikda yaxlit tizimni taşkil etadi. Tizimning mohiyati esa oddiy: mamlakatga kiriş, unda işlaş va u bilan hamkorlik qiliş osonlaşdi.

Oçiqlik siyosati haqida gapirganda uning taşabbuskori haqida alohida töxtaliş zarur. Sönggi ön yildagi deyarli barça asosiy buriliş Prezidentimizning şaxsiy taşabbusi va siyosiy irodasi bilan boğliq. Bu şunçaki ehtirom ifodasi emas. Bu hujjat, dalil va voqealar bilan tasdiqlanadigan fakt. Keling, dalillarga murojaat qilamiz.

Birinçi dalil — huquqiy asos. ­Valyuta liberallaşuvi, vizasiz rejim, elektron viza, turizmni rivojlantiriş, Harakatlar strategiyasi va keyinçalik “Özbekiston — 2030” strategiyasi: bularning barçasi Prezidentimiz farmoni va qarorlari bilan amalga oşirildi. Yaʼni oçiqlik tasodifiy jarayon emas, balki oliy darajada rejalaştirilgan va izçil amalga oşirilgan siyosat edi.

Ikkinçi dalil — mintaqaviy siyosat. 2017-yil sentyabrda BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida Prezidentimiz Markaziy Osiyo taşqi siyosatning boş ustuvor yönalişi ekanini eʼlon qildi. Şu nutqda mintaqa davlat rahbarlarining muntazam Maslahat uçraşuvlarini ötkaziş taklifi ilgari surildi va bu taklif 2018-yildan boşlab hayotga tatbiq etildi. Qöşni davlatlar bilan uzoq yillar hal bölmay kelgan çegara masalalari muzokaralar orqali yeçim topa boşladi. Qirğiziston bilan davlat çegarasi töğrisidagi şartnoma buning yaqqol tasdiğidir.

Uçinçi dalil — xalqaro taşabbuslar. Prezidentimiz taklifi bilan BMT Boş Assambleyasi 2018-yilda “Maʼrifat va diniy bağrikenglik” rezolyutsiyasini qabul qildi. Orolböyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb eʼlon qiliş töğrisidagi rezolyutsiya ham Özbekiston taşabbusi bilan qabul qilindi. Afğoniston masalasi böyiça 2018-yilda Toşkentda ötkazilgan xalqaro konferensiya mamlakatning mintaqaviy xavfsizlikka hissa qöşişga tayyorligini körsatdi. Bularning har biri Özbekistonning xalqaro kun tartibini şakllantiruvçi davlatga aylanayotganidan dalolat beradi.

Törtinçi dalil — şaxsiy diplomatiya. Oliy darajadagi taşriflar va muzokaralar geografiyasi sezilarli kengaydi. Şanxay Hamkorlik Taşkilotining 2022-yilgi Samarqand sammiti aynan Özbekiston raisligi davrida ötkazildi. Bunday tadbirlarga mezbonlik qiliş uçun davlat rahbarining şaxsiy nufuzi va hamkorlar bilan örnatilgan işonçli munosabatlar hal qiluvçi ahamiyatga ega.

Beşinçi dalil — diplomatiyaning yangi avlodi. Oçiqlik siyosati bugun yangi avlod vakillari tomonidan ham izçil davom ettirilmoqda. 2026-yil 23-sentyabrda Prezident Administratsiyasi rahbari ­Saida Mirziyoyeva BMT Boş Assambleyasining 81-sessiyasida Özbekiston nomidan nutq sözladi. Bu nutqdagi bir fikr, menimça, butun oçiqlik siyosatining falsafasini ifodalaydi: oçiqlik zaiflik degani emas. Davlatning kuçi öz fuqarolarining huquq va manfaatlarini qançalik himoya qila olişi bilan belgilanadi.

Nutqda BMTni isloh qiliş, Xavfsizlik Kengaşini kengaytiriş, xalqaro huquq normalarini barça uçun bir xil qöllaş zarurligi taʼkidlandi. Markaziy Osiyo tajribasi siyosiy iroda bölsa, çegara va suv kabi murakkab masalalarni ham hal qiliş mumkinligining isboti sifatida keltirildi. Afğonistonni faqat xavf manbai sifatida körmaslik, sunʼiy intellektni inson huquqlari kafolatlari asosida rivojlantiriş, Orol fojiasi oqibatlarini yumşatiş masalalari ham kun tartibiga olib çiqildi. Şu minbardan Özbekistonning 2035-2036-yillarda BMT Xavfsizlik Kengaşining doimiy bölmagan aʼzoligiga nomzodini qöllab-quvvatlaşga daʼvat etildi, mamlakatimiz 2027-yilda Qöşilmaslik harakatiga raislik qilişi ham maʼlum qilindi. Bu taşabbuslar Özbekiston endi nafaqat mintaqaviy, balki global kun tartibini şakllantirişda ham iştirok etişga intilayotganini körsatadi.

Özgarişlarning tarixiy ahamiyati

Tarixçilar davlatlar hayotida şunday davrlarni alohida ajratadi, ular mamlakatning keyingi ön yilliklardagi yölini belgilab beradi. Menimça, 2016-yildan keyingi özgarişlar aynan şunday buriliş davri böldi. Mamlakat yopiq tizimdan dunyo bilan teng huquqli muloqot qiladigan oçiq davlatga aylandi. Bu faqat iqtisodiy model özgarişi emas, balki dunyoqaraş özgarişidir.

Prezidentimiz bu yölni Uçinçi Renessans poydevorini yaratiş ğoyasi bilan boğlaydi. Tariximizga nazar taşlasak, bu yurtda ilm-fan va madaniyat har doim oçiqlik va oşkoralik davrida gullagan. Buyuk ipak ­yölidagi şaharlarimiz dunyo bilan savdo, ilm va ğoyalar almaşgan paytda Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Uluğbek kabi allomalar yetişib çiqqan. Yopiqlik esa har doim turğunlik olib kelgan. Şu maʼnoda, bugungi oçiqlik siyosati tarixiy xotiramizning tabiiy davomi desak, mubolağa bölmaydi.

Islohotlar “yuqoridan” boşlangan bölsa-da, ularning barqarorligi endi jamiyatning öziga boğliq. 2023-yilda umumxalq referendumi orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiya inson qadri va oçiqlik tamoyillarini oliy huquqiy darajada mustahkamladi. Bu esa boşlangan yölning ortga qaytmasligiga xizmat qiluvçi eng muhim kafolatlardan.

Tanlov qiyin...

Iqtisodiy oçiqlikni baholaşda faqat xorijiy sarmoya hajmiga qaraş yetarli emas. Bundan muhimroq körsatkiç bor. Bu — işonç. Xalqaro moliya bozorlari işonçni juda aniq baholaydi. Çunki ular pul bilan ovoz beradi.

2019-yilda Özbekiston ilk bor xalqaro kapital bozoriga suveren yevrobondlar bilan çiqdi. Ön yillar davomida yopiq bölib kelgan iqtisodiyot uçun bu jiddiy sinov edi. Çunki bunday joylaştiruvdan oldin mamlakat xalqaro reyting agentliklari bahosidan ötişi, moliyaviy körsatkiçlarini oçiq eʼlon qilişi kerak. Boşqaça aytganda, oldin şaffof böliş, keyin esa pul jalb qiliş mumkin. Şaffoflik şu tariqa bevosita iqtisodiy resursga aylandi.

Yevropa Ittifoqi 2021-yilda Özbekistonga GSP+ imtiyozlar tizimi benefitsiari maqomini berdi. Bu özbek eksportçilariga Yevropa bozoriga minglab tovar turlarini bojsiz olib kiriş imkonini oçdi. Ammo bu maqomning öziga xos şarti bor: u inson huquqlari, mehnat huquqlari, atrof-muhit va boşqaruv sifatiga oid önlab xalqaro konvensiyalarni bajarişni talab qiladi. Demak, bozorga kiriş huquqi içki islohotlar sifati bilan bevosita boğliq.

Jahon savdo taşkilotiga aʼzo böliş jarayoni ham şu mantiqda davom etmoqda. Özbekiston bu taşkilotga aʼzolik uçun ariza berganiga öttiz yildan oşdi, ammo muzokaralar faqat 2020-yildan keyin faol tus oldi. Hozir mamlakat uşbu jarayonni 2026-yilda yakunlaşni maqsad qilgan. JSTning özi ham sönggi oylardagi işçi guruhi yiğilişlarida yuzlab qonunçilik hujjati xalqaro savdo qoidalariga muvofiqlaştirilganini qayd etdi.

Bu yerda bir muhim jihatga eʼtibor qaratmoqçiman. Oçiq iqtisodiyot faqat imkoniyatlar emas, raqobat ham demakdir. Mahalliy işlab çiqaruvçi endi nafaqat qöşni korxona, balki butun dunyo bilan bellaşadi. Bu maşaqqatli jarayon. Lekin tajriba şuni körsatadiki, raqobatdan himoyalangan tarmoq uzoq muddatda zaiflaşadi. Raqobatga duç kelgan tarmoq esa yo rivojlanadi, yo örnini boşqasiga böşatadi. Tanlov qiyin, biroq u muqarrar.

Turizm: jahon bizni öz közi bilan köra boşladi

Imij nazariyasida bir qoida bor: xorijiy auditoriyaning katta qismi boşqa mamlakat haqida bevosita tuşunçaga ega emas. Şu bois, uning tasavvuri asosan ommaviy axborot vositalari orqali şakllanadi. Raqamlarga eʼtibor beraylik: 2018-yilda Özbekistonga 5 milliondan ortiq çet ­ellik sayyoh kelgan bölsa, Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 2025-yilda bu körsatkiç 11,7 million kişiga yetdi. ­Prezidentimizning tegişli qarori bilan 2030-yilgaça yillik xorijiy sayyohlar sonini 20 millionga, sohaning yalpi içki mahsulotdagi uluşini 7 foizga yetkaziş maqsadi belgilangan.

Ammo men bu raqamlarni quruq holda emas, kontekst bilan öqişni taklif qilaman. Sayyohlar sonining ösişi öz-özidan mamlakat imiji yaxşilanganini anglatmaydi. Ularning bir qismi qöşni davlatlardan qarindoş köriş yoki savdo-sotiq maqsadida keladi. Bir qismini vizasiz rejim va arzon aviaçiptalar jalb qiladi. Şuning uçun imijni baholaşda uçta körsatkiçni alohida örganiş kerak: kelganlar soni, ularning taassuroti va xorijiy mediadagi ohang. Uçalasi bir-biriga boğliq, lekin birini ikkinçisi bilan almaştirib bölmaydi.

Xorijiy naşrlarga nazar taşlasak, manzara umidbaxş. “The Telegraph” gazetasi Özbekistonni “Siz hali borib körmagan eng ajoyib mamlakat” deb atadi. “The Diplomat” jurnali vizasiz rejim kengaytirilişini mamlakatdagi islohotlar dasturining uzviy qismi sifatida tahlil qildi. National Geographic, Lonely Planet, CNN Travel kabi naşrlar Özbekistonni sayohat yönalişi sifatida tavsiya etdi.

Çet el matbuotidagi bu materiallarni tahlil qilsangiz, ularda ikkita asosiy freym takrorlanişini körasiz. Birinçisi, “kaşf etilmagan, tarixga boy mamlakat”. Ikkinçisi, “oçilayotgan, özgarayotgan davlat”. Ikkala freym ham ijobiy. Lekin ularning bir zaif jihati bor: ular yangilik ğoyasiga tayanadi. Yangilik esa vaqt ötişi bilan eskiradi. Şu bois, keyingi bosqiçda biz haqimizdagi hikoya “yangi kaşfiyot”dan “sifatli va işonçli manzil” hikoyasiga ötişi lozim. Bu ötiş esa reklama bilan emas, xizmat sifati bilan taʼminlanadi.

Samarqand va xalqaro maydon

Mamlakatning dunyoga oçilganini körsatuvçi yana bir belgi bor. Bu — xalqaro taşkilotlarning Özbekistonni öz tadbirlari uçun maydon sifatida tanlaşi. Bunday tanlov tasodifan bölmaydi. U xavfsizlik, infratuzilma, taşkiliy salohiyat va siyosiy işonçni birdan baholaydi.

Samarqand sönggi yillarda bunga alohida misol böldi. 2022-yili şaharda Şanxay Hamkorlik Taşkiloti davlat rahbarlarining sammiti ötkazildi. 2023-yilda BMT Butunjahon turizm taşkiloti boş assam­bleyasining sessiyasi şu yerda bölib ötdi. 2025-yil oktyabr-noyabr oylarida esa ­YUNESKO Boş konferensiyasining 43-sessiyasi ­Samarqandda taşkil etildi. Bu konferensiya qirq yildan buyon birinçi marta taşkilotning Parijdagi ştab-kvartirasidan taşqarida ötkazildi.

Samarqandning xalqaro nufuzi 2026-yil oktyabrda yana bir bor namoyon böldi. AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga taşrif buyurdi. Taşrif doirasida “Markaziy Osiyo + AQŞ” (C5+1) formatidagi taşqi işlar vazirlari uçraşuvi va Özbekiston — AQŞ Işbilarmonlik va investitsiya kengaşining ikkinçi yiğilişi bölib ötdi. Amerika delegatsiyasi tarkibida 200 dan ortiq kompaniya va investorlar vakillari bor edi. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev AQŞ Davlat kotibini qabul qildi. Kengaş doirasida umumiy qiymati qariyb 12 milliard dollarlik 54 ta kelişuv va istiqbolli taşabbusdan iborat paket şakllantirildi.

Bu taşrifning ramziy maʼnosi ham katta. Yetakçi davlatlar diplomatiyasi Markaziy Osiyo bilan muloqot uçun aynan Samarqandni tanlagani şaharning Buyuk ipak yöli çorrahasidagi azaliy maqomi zamonaviy şaklda tiklanayotganidan dalolat beradi.

Mazkur voqealarning mediamakondagi samarasi haqida alohida töxtaliş kerak. Bunday yirik anjumanlar paytida xorijlik minglab delegatlar va yuzlab jurnalistlar mamlakatga keladi. Ular özi körgan voqealarni auditoriyasi uçun öz tilida hikoya qiladi. Bu esa imij nazariyasida eng işonçli manba — mustaqil kuzatuvçining şaxsiy guvohligi. Heç qanday videorolik bunday taʼsir kuçiga ega bölmaydi.

Madaniy maydonda ham şunga öxşaş jarayonlar kuzatildi. 2020-yilda Buxoro Islom hamkorlik taşkiloti tomonidan Islom madaniyati poytaxti, Xiva esa Turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb eʼlon qilindi. Bunday maqomlar şaharlarni xalqaro madaniy xaritaga qaytaradi va ularni alohida brend sifatida taqdim etiş imkonini beradi.

Ötmiş ortda qoldi

Oçiqlik siyosatining eng katta yutuqlaridan biri Markaziy Osiyodagi munosabatlarning tubdan özgargani böldi. Çegaralarda soatlab navbat kutiş, yopiq nazorat-ötkaziş punktlari, suv va energetika böyiça hal etilmagan bahslar yaqin ötmişning manzarasi edi. 2018-yildan boşlab Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahat uçraşuvlari muntazam ötkazila boşladi. Mintaqa özini bir-biriga şubha bilan qaraydigan davlatlar yiğindisi emas, balki umumiy manfaatlarga ega hamkorlar guruhi sifatida his qila boşladi.

Bu özgariş nafaqat siyosat, balki iqtisodiyot uçun ham ahamiyatli. Dengizga çiqiş yöli bölmagan davlat uçun transport yölaklari hayotiy masala. Xitoy, Qirğiziston va Özbekiston temir yöli böyiça 2024-yilda imzolangan hukumatlararo kelişuv, Afğoniston orqali janubiy dengiz portlariga çiqiş loyihalari aynan şu ehtiyojdan tuğilgan. Ular amalga oşsa, Özbekiston yopiq hududdan tranzit markaziga aylaniş imkoniyatiga ega böladi.

Xalqaro taşkilotlardagi iştirok ham kengaydi. Özbekiston 2019-yilda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşiga aʼzo böldi. U hozir Turkiy davlatlar taşkiloti nomi bilan faoliyat yuritadi. 2020-yilda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvçi maqomini oldi. 2021-2023-yillarda esa BMT Inson huquqlari böyiça kengaşi aʼzosi böldi.

Turkiy davlatlar taşkiloti doirasidagi hamkorlik ham Prezidentimizning şaxsiy taşabbusi bilan yangi mazmun kasb etdi. 2022-yil noyabrda taşkilot sammiti Samarqandda ötkazildi. Prezidentimiz taşkilot sammitlarida muntazam iştirok etib, turkiy dunyo integratsiyasini amaliy loyihalar bilan töldirişga daʼvat etib kelmoqda. Masalan, 2026-yil 15-mayda Qozoğistonning Turkiston şahrida “Sunʼiy intellekt va raqamli rivojlaniş” mavzusida ötkazilgan norasmiy sammitda davlatimiz rahbari qator takliflarni ilgari surdi. Ular orasida “Raqamli turkiy yölak” taşkil etiş, Özbekiston va Qozoğiston boşlagan qöşma vençur fondiga boşqa aʼzo davlatlarni taklif qiliş, Örta yölakni “Xitoy — Qirğiziston — Özbekiston” temir yöli bilan boğlaş, kiberxavfsizlik böyiça Turkiy alyans tuziş va 2027-yilni taşkilotda Tabiatni muhofaza qiliş yili deb eʼlon qiliş ğoyalari bor. Bu takliflar turkiy hamkorlikni madaniy-gumanitar yaqinlikdan texnologik va iqtisodiy şeriklikka olib çiqişga qaratilgan.

Şu örinda bir fikrni taʼkidlaş kerak. Muvozanatli taşqi siyosat bir tomonga oğiş emas, balki hamma bilan özaro manfaat asosida işlaşdir. Bu yölning öz qiyinçiliklari bor. Çunki yirik kuçlar manfaati töqnaşgan dunyoda barça bilan yaxşi munosabatni saqlaş — murakkab sanʼat. Lekin aynan şu yondaşuv Özbekistonga turli hamkorlardan bir vaqtning özida investitsiya va texnologiya jalb etiş imkonini bermoqda.

Paxta dalasidan çiqarilgan saboq

Oçiqlikning içki islohotlarga qanday taʼsir körsatişini paxta masalasidan köra yaxşiroq körsatadigan misol topiş qiyin. Uzoq yillar majburiy mehnat muammosi mamlakat imijiga jiddiy salbiy taʼsir körsatib keldi. Köplab xalqaro brendlar özbek paxtasidan foydalanişdan boş tortdi. Bu masala xorij mediasida Özbekiston bilan eng köp boğlanadigan mavzulardan biri edi.

Islohotlar va xalqaro taşkilotlar bilan oçiq hamkorlik tufayli vaziyat özgardi. Xalqaro mehnat taşkiloti 2021-yilgi paxta mavsumida tizimli majburiy va bolalar mehnati kuzatilmaganini qayd etdi. 2022-yil mart oyida esa özbek paxtasiga qarşi xalqaro boykotni taşkil etgan “Paxta kampaniyasi” koalitsiyasi uni bekor qilganini eʼlon qildi.

Bu misolning saboği oddiy, lekin juda muhim. Salbiy imijni reklama yoki raddiya bilan özgartirib bölmaydi. Uni faqat voqelikni özgartiriş va bu özgarişni mustaqil kuzatuvçilar tasdiqlaşi orqali özgartiriş mumkin. Britaniyalik mutaxassis Saymon Anxolt bejiz milliy brendning 80 foizi amaliy işlar va ularni muvofiqlaştirişga, atigi 15 foizi kommunikatsiyaga boğliq, demaydi. Paxta misoli bu gapni amalda tasdiqladi.

Media: eng nozik va eng muhim soha

Endi kasbiy soham haqida ham fikr yuritsam. Çunki dunyoga oçilişning eng nozik sinovi aynan media sohasida keçadi. Har qanday mamlakatning xalqaro imiji, nazariy jihatdan olib qaraganda, barqaror xususiyatga ega. Yillar davomida şakllangan tasavvur birdan yöqolmaydi. Mavjud bölmagan ijobiy obraz esa birdan paydo bölmaydi. Şuning uçun ön yillik islohotlar çet el auditoriyasi ongidagi tasavvurni töliq özgartirdi deb aytiş xato böladi. Biroq jarayon boşlandi va uning yönalişi aniq.

Media sohasidagi özgarişlar bir neça darajada kuzatilmoqda.

Birinçisi — davlat idoralarining oçiqligi. Axborot xizmatlari instituti şakllandi, vazirlik va hokimliklar ijtimoiy tarmoqlarda faol iştirok etmoqda. Mansabdorlarning jurnalistlar savollariga javob berişi odatiy holga aylanmoqda. Bu hali mukammallik emas, lekin ön yil oldingi holat bilan soliştirganda farq katta.

Ikkinçisi — mediamakonning özi. Blogosfera va onlayn naşrlar jadal rivojlandi. Axborot isteʼmoli televizordan smartfonga köçdi. Bu jamiyatga tezkor axborot oliş imkonini berdi, lekin yangi xavflarni ham vujudga keltirdi. Soxta xabarlar, tekşirilmagan maʼlumotlar, manipulyativ kontent oçiq axborot makonining ajralmas yöldoşiga aylandi.

Uçinçisi — xalqaro media bilan muloqot. Xorijlik jurnalistlar uçun mamlakatga kiriş va işlaş şaroiti yengillaşdi. Bu juda muhim. Çunki yuqorida aytganimdek, mustaqil manbaning guvohligi har qanday rasmiy bayonotdan kuçli.

Şu örinda men uçun muhim bir xulosani aytmoqçiman. Oçiq axborot makonida davlatning axborot siyosati buyruq va taqiqlar bilan emas, balki işonç va sifat bilan amalga oşiriladi. Agar rasmiy manba tezkor, aniq va halol bölsa, jamiyat unga işonadi. Agar u keçiksa yoki muammoni yaşirsa, böşliqni miş-mişlar töldiradi. Bu qoida içki auditoriya uçun ham, çet el auditoriyasi uçun ham bir xil amal qiladi.

Şuning uçun mediasavodxonlik bugun men uçun şunçaki öquv fani emas. U — oçiq jamiyatning immun tizimi. Dunyoga oçilgan mamlakat fuqarosi axborotni tekşirişi, manbani baholaşi, faktni fikrdan ajrata olişi kerak. Sönggi yillarda jurnalistlar, davlat xizmatçilari, jamoatçilik vakillari uçun ötkazilayotgan treninglarda bu ehtiyoj tobora aniq sezilmoqda. Sunʼiy intellekt vositalari keng tarqalgan bugungi şaroitda esa bu könikmalar yanada dolzarb bölib bormoqda.

Xolis tahlil

Xolis tahlil oçiqlikning faqat yutuqlari haqida gapiriş bilan çeklanmasligi kerak. Uning öz bahosi va xavflari bor.

Birinçisi — raqobat. Himoya devorlari olib taşlangan iqtisodiyotda zaif korxonalar oğir ahvolga tuşişi tabiiy. Bu ijtimoiy jihatdan taʼsirçan masala va uni eʼtiborsiz qoldirib bölmaydi.

Ikkinçisi — axborot zaifligi. Oçiq mediamakonda mamlakat haqidagi axborotni taşqaridan ham şakllantiriş mumkin. Agar biz özimiz haqimizda öz vaqtida, sifatli va işonarli hikoya qilmasak, bu işni boşqalar bajaradi. Ular esa buni har doim ham xolis qilmaydi.

Uçinçisi — sifat masalasi. Mamlakatga kelgan har bir xorijlik uning elçisiga aylanadi. Agar u bu yerda norasmiy taksi haydovçisi tomonidan aldansa yoki mehmonxonada sifatsiz xizmatga duç kelsa, uning salbiy taassuroti ijtimoiy tarmoqlar orqali minglab odamga yetib boradi. Bir jurnalist hamkasbimiz bu haqda töğri yozgandi: sayyohlarning vaziyat va narx-navodan bexabarligidan foydalanib qolişga urinuvçilar mamlakat haqida notöğri tasavvur şakllanişiga sabab böladi.

Törtinçisi — kadrlar oqimi. Oçiq mamlakatdan malakali mutaxassislar xorijga ketişi ham osonlaşadi. Buni tösiqlar bilan emas, balki yurtda munosib imkoniyatlar yaratiş orqaligina hal qiliş mumkin.

Bu xavflarning heç biri yopiqlikka qaytişni oqlamaydi. Aksinça, ular oçiqlik ortga qaytmas bölişi uçun institutlar sifatini oşiriş zarurligini körsatadi.

Kelgusi qadamlar

Media tadqiqotçisi sifatida bir neça taklifni ilgari surmoqçiman.

Birinçidan, mamlakat imijini muntazam va ilmiy asosda baholaş tizimini yaratiş kerak. Çet el mediasidagi materiallar hajmi va ohangi, sayyohlar taassuroti, xorijlik investorlar fikri har yili bir xil metodologiya asosida örganilişi lozim. Ölçanmagan narsani boşqarib ­bölmaydi.

Ikkinçidan, davlat idoralari, media va akademik hamjamiyat örtasidagi muvofiqlaştirişni kuçaytiriş zarur. Milliy brending böyiça yagona strategiya va uni amalga oşiruvçi masʼul tuzilma bölişi maqsadga muvofiq. Bunday tajriba qator mamlakatlar, jumladan, Koreya Respublikasida özini oqlagan.

Uçinçidan, xorij auditoriyasi uçun möljallangan sifatli kontent tayyorlaşga sarmoya kiritiş kerak. Bu kontent tarğibot ohangida emas, balki hikoya, dalil va insoniy tajribaga asoslangan bölişi lozim. Trevel (sayohat) jurnalistikasi, hujjatli kino, xorijiy tillardagi raqamli platformalar bu boradagi eng samarali vositalardir.

Törtinçidan, mediasavodxonlikni yoşlar taʼlimining uzviy qismiga aylantiriş vaqti keldi.

Yangi Özbekistonning dunyoga oçilişi bir kunlik qaror emas, balki uzoq davom etadigan jarayon. Uning birinçi bosqiçida biz eşiklarni oçdik: valyuta, viza, çegaralar, axborot. Bu bosqiç öz natijasini berdi. ­Sayyohlar kelmoqda, investorlar qiziqmoqda, xalqaro taşkilotlar öz tadbirlarini yurtimizda ötkazmoqda.

Ikkinçi bosqiç esa ança murakkab. Endi oçilgan eşikdan kirgan har bir kişiga sifatli xizmat, barqaror qonunçilik va halol munosabatni kafolatlaşimiz kerak. Çunki imij, oxir-oqibat, vaʼdalar bilan emas, tajriba bilan şakllanadi.

Bu işda har birimizning örnimiz bor. Mamlakat qiyofasi vazirliklar kabinetida emas, balki aeroportda, bozorda, universitet auditoriyasida, jurnalistning har bir matnida şakllanadi. Dunyoga oçilgan mamlakatni dunyo ham kuzatadi. Bu masʼuliyat, lekin ayni paytda katta imkoniyat hamdir.

Beruniy ALIMOV,

ÖzJOKU professori,

filologiya fanlari doktori