Toşkent şahar IIBBning maʼlum qilişiça, marş Toşkent harbiy okrugi qöşinlari va hududiy kuç tizimlari hamkorligida taşkil etiladi. Şu sababli 18-noyabr kuni soat 10:00 dan boşlab quyidagi yönalişlardagi köça va çorrahalar harakati uçun yopiladi:
- Olmazor tumanidagi Ğalaba boği hududi;
- Sağbon — KXAY çorrahasi;
- Sağbon — Nurafşon çorrahasi;
- Sağbon — Forobiy çorrahasi;
- Zarqaynar aylanma harakati;
- Alişer Navoiy — Furqat köçalari kesişmasidagi köprik usti;
- Islom Karimov — Bunyodkor çorrahasidan Xalqlar döstligi saroyigaça bölgan yöl qismi.
Marş davomida harakat xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlaş uçun harbiy huquq-tartibot organlari xodimlari xizmatga jalb etiladi.
Fuqarolardan marş vaqtida masʼul xodimlarning qonuniy talablariga amal qiliş, haydovçilardan esa mazkur yönalişlardagi çeklovlarni inobatga olib, muqobil yöllardan foydalaniş söraldi.