Natijada, odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, uzoq vaqtdan buyon xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi, 1981-yilda tug‘ilgan N.E. Turkiya huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Istanbul shahrida aniqlanib, qo‘lga olindi.
Gumonlanuvchi N.E. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi bilan ayblanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qidirilayotgan edi. U yosh qizlarni yuqori maoshli ish va’dalari bilan aldab, Turkiyaga olib kelish va bu yerda ularning pasportlarini olib qo‘ygan holda ekspluatatsiya qilish bilan shug‘ullanganlikda gumon qilinmoqda.
Mazkur shaxs belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlariga topshirildi. Hozirda unga nisbatan tegishli tergov va protsessual harakatlar davom ettirilmoqda.