Ularning aksariyati kimga kredit kerakligi, qaysi loyihani lizing, faktoring, kafolat, sugʻurta, aylanma mablagʻ yoki shartnoma asosida moliyalashtirish mumkinligini tushunmasligi qayd etildi.

Bankirlar va hokim yordamchilari loyiha tayyorlashdan oldin hamon “Garovi bormi?” degan savolni qoʻyayotgani tanqid qilindi.

Tadbirkorlarga kredit ajratishda byurokratik toʻsiqlar saqlanib qolayotgani, kreditni qaytarish grafiklari esa biznes turiga moslashtirilmagani koʻrsatib oʻtildi.

Kreditlarni qaytarish muddatlarini dehqonchilik, savdo va boshqa biznes yoʻnalishlarining oʻziga xos xususiyatlariga moslashtirish zarurligi taʼkidlandi.

Oilaviy va yoshlar tadbirkorligi boʻyicha imtiyozli kredit resurslarini boshqarish vakolati tuman shtablariga oʻtkazilishi belgilandi.