Tizimda kamida 15 yil ishlagan xodimlarning ipoteka kreditining bir qismini qoplash uchun 50 milliard soʻm ajratildi. Shu imkoniyat orqali kelasi yil 1 ming nafar tibbiyot xodimi yangi uyga koʻchib oʻtadi.

Bu imkoniyat yosh kadrlar uchun ham joriy qilinadi: har yili 500 nafar yosh tibbiyot xodimining ipoteka krediti boshlangʻich badalining 25 foizi qoplab beriladi.

Kelgusi yildan olis hududlarda ishlaydigan barcha shifokorlarning oylik qoʻshimcha ustamasi 2 million soʻmdan 4,5 million soʻmga oshiriladi. Bunday hududga ishga kirgan shifokorga 50 million soʻm bir martalik ragʻbat puli ham beriladi.