Arizalar 30-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz portali orqali qabul qilinadi.

Ariza topshirish uchun quyidagilar talab etiladi:

Umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritilayotgan bo‘lishi;

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xalqaro akkreditatsiyalangan tizimi orqali 2025-yil 1-yanvardan keyin oliy malaka toifasi berilgan bo‘lishi.

O‘rta maxsus hamda kasbiy ta’lim tizimida oliy malaka toifasini olib, keyinchalik maktabga ishga o‘tgan pedagoglar ushbu maqsadli qabulda ishtirok eta olmaydi.