Oliy martabali mehmnni “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Tashrif doirasida 23-avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari raisligida oliy darajadagi muzokaralar hamda Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ishbilarmon doiralar va hududlar o‘rtasidagi kooperatsiyani chuqurlashtirish, transport-tranzit imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashdi.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hamkorlikka oid qator hujjatlar imzolandi va muhim loyihalar ishga tushirildi.