O‘zbekiston yagona energetika tizimida 2026-yil 17-iyul kuni yozgi mavsum uchun sutkalik elektr energiyasi iste’moli 293,4 mln kVt·soatni tashkil etib, yangi rekord qayd etildi. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yil yozgi mavsumida qayd etilgan eng yuqori natijadan 20,8 mln kVt·soatga yoki 7,6 foizga yuqori.

Shuningdek, 2026-yil 17-iyul kuni sutkalik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi ham 296,1 mln kVt·soatni tashkil etib, yangi rekord o‘rnatildi. Bu ko‘rsatkich 16-iyulda qayd etilgan 295,4 mln kVt·soatlik rekorddan 0,7 mln kVt·soatga yoki 0,24 foizga yuqori. 

Kichik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalari bilan qo‘shib hisoblaganda 17-iyul kuni jami 305 mln kVt·soat (+11,6 mln kVt·soat) elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu esa, o‘tgan kungi ishlab chiqarishdan 9,6 mln kVt·soatga yoki 3,2 foizga ko‘p.