Festival doirasida Surxondaryo viloyatining uzumchilik va vinochilik an’analari, milliy gastronomik merosi, mahalliy mahsulotlari, hunarmandchiligi hamda turizm salohiyati keng namoyish etiladi.

Tadbir dasturidan gastronomik ko‘rgazma va degustatsiyalar, enoturizm yo‘nalishidagi taqdimotlar, milliy madaniyat va ijodiy dasturlar, shuningdek, turizm sohasi vakillari, tadbirkorlar va hamkorlar ishtirokidagi uchrashuvlar o‘rin oladi.

Festival mahalliy gastronomik mahsulotlar va turizm xizmatlarini targ‘ib qilish, hududning enoturizm salohiyatini ommalashtirish hamda yangi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, tadbir doirasida blogerlar, kontent yaratuvchilar va media vakillari uchun Surxondaryoning turizm imkoniyatlarini yoritishga qaratilgan media faoliyatlar tashkil etiladi.

Festival Surxondaryoning boy gastronomik merosi, uzumchilik an’analari va sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib etish, hududning jozibador turizm yo‘nalishlarini ommalashtirish hamda mahalliy mahsulot va xizmatlarni keng auditoriyaga taqdim etish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.