Muzokaralar Özbekiston elçixonasida anʼanaviy va onlayn formatlarda bölib ötdi.
“SIA BRIGG” kompaniyasi bilan uçraşuvda Şvetsiya mehnat bozorida talab yuqori bölgan sohalarga Özbekistondan malakali mutaxassislarni jalb qiliş masalasi muhokama qilindi. Tomonlar nomzodlarni birgalikda saralaş, ularni kasbiy tayyorlaş va til örganişga tayyorlaş böyiça pilot loyihani işlab çiqişga kelişib oldi hamda hamkorlik memorandumini imzoladi.
Norvegiyaning “VIZNOR” kompaniyasi bilan onlayn uçraşuvda uşbu davlat qişloq xöjaligi sohasiga mavsumiy va doimiy işçilarni yuboriş, iş ruxsatnomalarini rasmiylaştiriş tartibi muhokama qilindi. Kompaniya özbekistonlik nomzodlar va ularni işga yollovçi norvegiyalik iş beruvçilarga huquqiy kömak körsatişga tayyorligini bildirdi. Migratsiya agentligi va “VIZNOR” örtasida imzolangan memorandum asosida amaliy işlarni boşlaşga kelişib olindi.
Daniyaning “SPIRAS” kompaniyasi vakillari bilan mamlakat iş beruvçilarining kadrlarga bölgan ehtiyoji hamda özbek mutaxassislarini işga joylaştirişning amaliy mexanizmlari muhokama qilindi. Iştirokçilar böş iş örinlari va malaka talablari böyiça muntazam axborot almaşib borişga kelişib oldi.
“Dairy Soft” loyihasi asosçisi, vatandoşimiz Bahodir Tillabayev hamda uşbu loyiha doirasida Skandinaviya fermalarida işlayotgan yoşlar bilan onlayn uçraşuv ötkazildi. 2025–2026-yillarda 100 nafarga yaqin bitiruvçi talaba çorvaçilik va parrandaçilik fermer xöjaliklarida amaliyot ötagani hamda işga joylaşgani qayd etildi. Prezidentimiz yaratib berayotgan yangi imtiyoz va şaroitlardan foydalangan holda, yaqin yillarda uşbu körsatkiçni bir neça barobar oşiriş imkoniyatlari muhokama qilinib, kelgusi rejalar belgilab olindi.
Şvetsiyaning “Niro” advokatlik kompaniyasi bilan uçraşuvda Şvetsiya Migratsiya agentligi orqali iş ruxsatnomalarini oliş, mehnat şartnomalarining huquqiy kafolatlari va xorijda işlayotgan fuqarolarimizning huquqlarini himoya qiliş masalalari yuzasidan fikr almaşildi. Bu yönalişda doimiy hamkorlik örnatişga kelişildi.
Şvetsiya institutining “Global Professionals” magistratura stipendiya dasturi ğoliblari bölgan özbekistonlik talabalar bilan onlayn muloqot ötkazilib, akademik mobillikni kengaytiriş va Şvetsiyada tahsil olgan yoşlar salohiyatidan hamkorlikda foydalaniş masalalari muhokama etildi.
Erişilgan kelişuvlar yurtdoşlarimizning Skandinaviya mamlakatlari mehnat bozorlariga qonuniy va uyuşgan tarzda kirişi uçun yangi imkoniyatlar oçişi kutilmoqda. Özbekiston delegatsiyasining Şvetsiyaga taşrifi davom etmoqda.