Mazkur koridorni taşkil etiş işlari bir neça bosqiçda amalga oşirilmoqda. Ayni paytda Amir Temur şoh köçasida BRT infratuzilmasini barpo etiş boşlangan, Yangi Sergeli köçasida esa dastlabki tayyorgarlik işlari olib borilmoqda.

Loyiha doirasidagi işlar quyidagi köçalarni qamrab oladi:

  • Şota Rustaveli köçasi — 6,5 kilometr. Bu yerda BRT tizimi 2025-yildan buyon faoliyat yuritmoqda.
  • Şahrisabz köçasi — 3,2 kilometr. Uşbu yönalişning 2,2 kilometri foydalanişga topşirilgan, qolgan qismida işlar davom etmoqda.
  • Amir Temur şoh köçasi — 7,6 kilometr. Infratuzilmani taşkil etiş işlari boşlangan.
  • Yangi Sergeli köçasi — 5,5 kilometr. Dastlabki tayyorgarlik işlari olib borilmoqda.

Koridor böylab avtobuslar uçun alohida harakatlaniş yölaklari, zamonaviy bekatlar va yölovçi platformalari taşkil etiladi. Şuningdek, svetoforlar yangilanib, keyingi bosqiçda «yaşil tölqin» tizimi joriy etiladi.

Bundan taşqari, avtobuslar sonini köpaytiriş, yönalişlar va qatnov jadvallarini maqbullaştiriş, köça yoritiş tizimini yangilaş rejalaştirilgan. Bekatlarga elektron tablolar, videokuzatuv kameralari va SOS tugmalari ham örnatiladi.

Transport vazirligi maʼlumotlariga köra, Şota Rustaveli köçasida 2026-yildagi körsatkiçlar 2023-yil bilan taqqoslanganda, avtobuslarning örtaça harakat tezligi 45 foizga, yengil avtomobillarniki esa 18 foizga oşgan. Jamoat transportidan foydalanuvçilar soni kuniga 8 ming nafarga köpaygan.

Maʼlumot uçun, BRT — avtobuslarning alohida yölaklarda tezkor va uzluksiz harakatlanişini taʼminlaydigan jamoat transporti tizimi. Uning asosiy maqsadi yölovçilarning manzilga yetib boriş vaqtini qisqartiriş, jamoat transporti jozibadorligini oşiriş va yöllardagi tirbandlikni kamaytirişdan iborat.