Tadbirda Hindiston, Oʻzbekiston, Koreya Respublikasi, Bangladesh, Belarus, Bahrayn, Butan, Vyetnam, Indoneziya, Tailand, Tojikiston, Afgʻoniston, Shri-Lankadan toʻqimachilik va ipakchilik sohasi mutaxassislari, hunarmandlar oʻz taqdimotlarini namoyish etdi.
Onlayn vebinarning ochilish marosimi ushbu mamlakatlarning Hindistondagi elchilari ishtirokida Hindiston Madaniy aloqalar kengashi binosida tashkil etildi.
Marosimda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining vebinar ishtirokchilariga videomurojaati namoyish etildi. Narendra Modi oʻz nutqida toʻqimachilik sohasi nafaqat ulkan iqtisodiy, balki xalqlar oʻrtasida madaniy muloqotni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
Dasturga koʻra, vebinar ishi seksiyalarga ajratilgan holda davom ettirildi. Seksiyalar tarkibida yuqorida qayd etilgan 13 davlat vakillari tegishli mavzular boʻyicha oʻz taqdimotlarini oʻtkazdi.
Vebinar davomida Buxoro viloyati hokimligi vakillari va viloyat hunarmandlari Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoati, bu boradagi mavjud investitsion salohiyat xususida taqdimotni namoyish etdi. Unda yurtimizda hunarmandchilik anʼanalarini asrab-avaylash va rivojlantirishga davlat darajasida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.
Bundan tashqari, Buxoro viloyatining ipak gilam toʻqish anʼanalari boʻyicha berilgan maʼlumotlar tadbir ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Oʻzbekiston toʻqimachilik va ipakchilik sohasi salohiyati Hindistonda taqdim etildi
Hindiston Madaniy aloqalar kengashi va Uttar-Pradesh dizayn instituti tomonidan tashkil etilgan “Toʻqimachilik aloqalari: Toʻquv anʼanalari” mavzusida tashkil etilgan xalqaro vebinarda mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi va Buxoro viloyati hokimligi vakillari ishtirok etdi.
2027-yilgi Davlat budjeti ham ijtimoiy yo‘naltirilgan bo‘ladi
- Korreksion sinf taşkil etgan nodavlat taʼlim taşkilotlariga subsidiya ajratiladi
- Mahkuma ayollarning farzandlari uçun «Ona va bola markazlari» taşkil etiladi
- Toşkentda arzon ijara uylarini vaʼda qilib, fuqarolarni aldagan ikki nafar şaxs uşlandi
- IREX bilan jurnalistlar uçun xalqaro tajriba almaşiş dasturlarini yölga qöyiş masalasi muhokama qilindi
- Surxondaryo viloyati giyohvandlik vositasini yaşirin olib ötişga uriniş holati foş etildi
Hafta davomida mamlakatimizning qator hududlarida yomğir yoğadi
- Bu – tarixiy ko'rsatkich!
- Har bir shifokor va hamshiraning oyligi KPIga bogʻlanadi
- Özbekistonda ob-havo keskin özgaradi: yomğir, qor va sovuq kutilmoqda
- Olimlar Yerni sovutiş uçun kosmosga quyoşdan himoya qiluvçi vositani joylaştirişni taklif qilişdi
- Mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish boʻyicha vazifalar belgilandi