Joriy örganişda 26 ta arxeologiya yodgorligiga zarar yetkazilgani aniqlandi.

Misol uçun Andijon viloyatidagi mil. avv. XII–VII asrlarga oid “Dalvarzin” yodgorligida mevali boğ, ekin maydoni va beton ğişt sexi taşkil etilib, yodgorlikka juda köp miqdorda zarar yetkazilgan.

Yoxud, Samarqand viloyatidagi “Talliğulontepa” yodgorligining 195 m³ qismi esa oğir texnika yordamida bir zumda “tarixga aylantirilgan”.

Respublika böyiça 48 ta yodgorliklar muhofaza hududida uy-joy, hatto hojatxonalar “böy çözgan”.

Masalan, masʼullarning loqaydligi oqibatida Şahrisabzda joylaşgan “Sariqtepa” yodgorligi muhofaza hududiga 3 ta uy-joy özboşimçalik bilan qurilgan.

Örganiş natijasida 8 ta jinoyat işi qözğatildi, 68 ta taqdimnoma kiritilib, 20 nafar mansabdor intizomiy va maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Yodgorliklarga qariyb 300 ta muhofaza belgilari örnatilişi taʼminlandi.