Muloqotda parlamentlararo hamkorlik va aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv avvalida M.Shentop Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi muvaffaqiyatli oʻtgani bilan tabrikladi.
M.Shentop parlamentlar ikki tomonlama munosabatlar asoslarini mustahkamlash boʻyicha oʻz oldiga aniq maqsadlar qoʻyganini taʼkidladi. “Bu ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishning huquqiy asoslarini taʼminlashga qoʻsha oladigan hissamizga alohida eʼtibor qaratamiz. Buning uchun doʻstlik guruhlari va parlamentlararo aloqalar imkoniyatlaridan faol foydalanishga tayyormiz”.
Tomonlar ikki mamlakat parlamentlarining vazifasi oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarni qonunchilik yoʻli bilan taʼminlash va davlat rahbarlari tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan aloqalar hamda hamkorlik surʼatlarini izchil davom ettirishdan iborat ekanini taʼkidladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati.
Parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalasi muhokama qilindi
2021-yil 29-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasining Madrid shahridagi Parlamentlararo ittifoqning 143-Assambleyasidagi ishtiroki doirasida Turkiya Buyuk millat majlisi raisi Mustafo Shentop bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Pensiya ta’minotiga oid ko‘rsatiladigan xizmatlar interaktiv va proaktiv shaklga o‘tkaziladi
- Tibbiyot muassasalarida fuqarolardan 200 mln so‘mdan ortiq asossiz mablag‘ olingani aniqlanib, qaytarilishi belgilandi
- Olimlar Saturn yo‘ldoshida Yerdagi kabi hayot bo‘lishi mumkinligini aniqlashdi
- Buxoro shahrida 2,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
- 30-sentabr — pedagog kadrlar uchun attestatsiyaga ariza yuborishning oxirgi kuni
- Urganch davlat universitetida “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” keng nishonlandi
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi