Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro yo‘lning o‘rtasida turganligi aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilindi.
Joriy yilning 8-may kuni taxminan soat 02:35 larda Olmazor tumani, TXAY ko‘chasida, 2001-yilda tug‘ilgan S.O., mast holatda bo‘la turib, yo‘lning qatnov qismiga chiqib olgan. U jamoat joyida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, transport vositalarining erkin harakatlanishiga xalaqit bergan.
Mazkur holat yuzasidan S.O.ga nisbatan Olmazor tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etilgan.