Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Milliy olimpia qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda
Marosimda so‘zga chiqqan Shahnoza Mirziyoyeva — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari,
Shuningdek, tadbir doirasida «Suv parisi» xalqaro musobaqasida g‘olib bo‘lgan sportchilarni taqdirlash marosimi ham tashkil etildi.
Yangi majmua 4 ta zamonaviy suzish havzasi, 2 ta mashg‘ulotlar zali, 700 o‘rinli tomoshabinlar tribunasi kabi infratuzilmani o‘z ichiga olgan.
Ta’kidlanishicha, mazkur inshoot xalqaro musobaqalar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Shu bilan birga, u kelgusida xalqaro arenalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan sportchilarni tayyorlashga xizmat qiladi.