Shu yilning 26–28 aprel kunlari Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi Suv sporti saroyida «Suv parisi» xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqada jami 200 ga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. O‘zbekiston, Rossiya, Belarus va Qozog‘iston davlatlaridan kelgan ishtirokchilar o‘zaro bahs olib boryapti.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, “Uzbekistan aquatics” federatsiyasi va Sport vazirligi ushbu turnir tashkilotchilari hisoblanishadi.
Turnir uchta yosh toifasida tashkil etildi:
— 12 yosh va undan kichiklar— 15 yosh va undan kichiklar— katta yoshdagilar (senorlar).
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 75 nafar sportchi (68 nafar ayol va 7 nafar erkak) ishtirok etmoqda.
Musobaqa doirasida majburiy va erkin dasturlar, texnik va akrobatik chiqishlar, duet va guruh bahslari o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi Yuz.uz muxbiri Z. Akbarova.