Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Qarshi tumani “Yangi Xonobod” MFYning sobiq raisi K.R. va o‘g‘li I.N.lar MFYga o‘z ishlari bilan kelgan 6 nafar fuqaroning pasport ma’lumotlaridan foydalanib, ularning imzolarini soxtalashtirib, onlayn savdo do‘konidan kredit evaziga turli maishiy texnikalar sotib olib va naqd pulga sotib yuborib, 187,4 mln so‘mlik kredit mablag‘larini o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.