«Xavfsiz va soğlom yurt» kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Yakkaboğ tumanidagi muhofaza etiladigan davlat örmon xöjaligi hududida ekologik qonunbuziliş holati aniqlandi.

Maʼlum bölişiça, «Mega Asia Coal and Quartz» xususiy korxonasi mansabdor şaxslari geologik örganiş uçun berilgan ruxsatnomadan özboşimçalik bilan foydalanib, tumandagi «Zarmars» kömir konida kömir qazib oliş va sotiş bilan şuğullangan.

Içki işlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti hamda Qaşqadaryo viloyati Içki işlar boşqarmasi Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari hamkorligida ötkazilgan tadbirda korxona xodimi Xolmirzayev noqonuniy qazib olingan 500 tonna kömirni 350 million sömga sotişga kelişgani aniqlangan.

U kelişilgan puldan 50 million sömni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Biroq bu bilan ekologik zarar çeklanmagan. «Zarmars» kömir koniga yöl quriş bahonasida 24 tup noyob Zarafşon arçasi, 9 tup uçqat daraxti va 3 mingga yaqin buta ildizi bilan qöporib taşlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, tabiatga yetkazilgan zarar 480 million sömdan oşgan.

Mazkur holat yuzasidan korxona rahbari Jomboyev va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 229-moddasi hamda 198-moddasi uçinçi qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.