Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov tegişli farmonni imzoladi, deb yozadi 24.kg sayti.
Hujjatga muvofiq, Boş konsulxonaning asosiy vazifasi Özbekistonda bölib turgan Qirğiziston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ularga konsullik xizmatlarini körsatişdan iborat böladi.
Şuningdek, yangi diplomatik vakolatxonaning oçilişi ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy va madaniy hamkorlikni kengaytiriş, fuqarolar uçun yanada qulay şaroitlar yaratişga xizmat qilişi közda tutilgan.
Qirğiziston Vazirlar Mahkamasiga Boş konsulxonani oçiş bilan boğliq taşkiliy va moliyaviy masalalarni hal etiş, zarur normativ-huquqiy hujjatlarni farmonga muvofiqlaştiriş topşirilgan.
Farmon rasman eʼlon qilinganidan 10 kun ötgaç kuçga kiradi.